“Suv – hayot manbai” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Yevropa Ittifoqi ko‘magidagi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazining UzWaterAware loyihasi bilan hamkorlikda Respublika ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Suv – hayot manbai” tanlovini e’lon qiladi. 
Tanlov ommaviy axborot vositalarining televidenie, radio, matbuot, internet jurnalistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan jurnalistik ishlar – efirga uzatilgan tele va radiomahsulotlar, bosma OAV va internet saytlarida e’lon qilingan maqolalarda quyidagi mavzular tahliliy ochib berilgan bo‘lishi lozim:
qishloq joylarda va shaharlarda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha yangicha yondashuvlar;
 
qishloq xo‘jaligida suvdan samarali va oqilona foydalanish: zamonaviy mahalliy ishlanmalar va jahon tajribasi;
 
aholi, ayniqsa yoshlarning suvdan foydalanish madaniyatini oshirish, bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlar.
Tanlovga 2019 yilning 1 aprelidan 30 sentabrigacha bo‘lgan vaqt mobaynida gazeta va jurnallarda, internet nashrlarida e’lon qilingan materiallar, efirga uzatilgan teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar 15 oktabrgacha qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan materiallar soni beshtadan kam bo‘lmasligi lozim.
Bosma OAV va internet nashrlarda chop etilgan materiallar asl nusxa yoki ulardan ko‘chirma olingan holda topshiriladi.
Televidenie va radiokanallarda e’lon qilingan materiallar CD yoki DVD disklarda, materiallarning qisqacha annotatsiyasi bilan birga qabul qilinadi.
Tanlovga qabul qilingan ishlar muallifga qaytarilmaydi.
Ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot (ob’ektivka);
 
– muallifning pasporti nusxasi;
 
– muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
Tanlov natijalarini e’lon qilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi 2019 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Materiallar “Suv – hayot manbai” tanloviga” deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100005, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 
39-uy, “A” bino. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
 
Telefon: (71) 202-47-84, 202-47-00
 

 

O‘zA