“Oʻzbekiston” nashriyot matbaa-ijodiy uyi tomonidan “Qurʼoni karim maʼnolarining qoraqalpoq tilidagi tarjimasi va tafsiri” nomli kitob 8 ming nusxada nashr etildi.

Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur kitob tarjimon Shamsuddin Bahouddinovning ijodiy mehnati mahsulidir.

Unda muqaddas dinimiz asosiy manbasi hisoblangan Qurʼoni karimning qoraqalpoq tilidagi ilk tarjimasi joy olgan.

Kitobga shuningdek, Shayx Abdulaziz Mansurning tafsir kitobi va arab tilidagi tafsir kitoblar manba qilib olingan.

 

OʻzA