“Barxan” – biokimyoviy poligon

Orol dengizi o‘rtasida joylashgan Tiklanish orolida 1942-1992 yillar mobaynida harbiy biokimyoviy poligon bo‘lgan. Uning shartli nomi – “Barxan” deb ataladi. 
Bu yerda qariyb yarim asr davomida tajriba hayvonlari – itlar, maymunlar, qo‘y va otlarda bakteriologik qurollar sinab ko‘rilgan.
Tajriba uchun qo‘llaniladigan preparat namunalarini SSSRning barcha harbiy biokimyoviy laboratoriyalari – Stepnogorsk, Kirov, Sverdlovsk-19, Omutninsk, Sergiev Posad, Oboleskdan keltirilgan.
Ob’ekt qattiq muhofaza qilingan va orolga begonalar kirishi qat’iy taqiqlangan. Hudud shu darajada maxfiy bo‘lganki, hatto harbiy poligonda xizmat qiladigan aksariyat xodimlar qaerda ishlashlarini ham bilmagan.
Orolda biomuhandislik institutlari – korpus va laboratoriyalar, uskunalar omborlarining butun boshli kompleksi joylashgan.
Harbiylar va olimlar shaharchalarida juda qulay sharoitlar yaratilgan. Biroq, 90-yillarga kelib hamma narsa o‘zgardi.
1992 yilda Prezident Boris Yelsin poligonni yopish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Harbiy kontingent Kirovga ko‘chirildi, biolaboratoriya esa demontaj qilindi.
Tiklanish orolida olimlar aynan qanday tadqiqotlar ustida ish olib borgani hech kimga ayon emas. Marodyorlar u yerdagi uskunalar, biron-bir qiymatga ega har qanday narsani tashib ketgan. U yerda faqat tashlandiq binolar qolgan, xolos.
Dmitriy Vladimirov,
AiF №13, 2019, 28 mart

 

O‘zA