Bo‘lg‘usi pedagoglar musobaqa g‘olibi

Nukusda futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarning 12 jamoasi ishtirok etdi.

2.jpg

4.jpg
Musobaqa finalida Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi Qoraqalpoq davlat universiteti futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, kubokni qo‘lga kiritdi.

17 (1).jpg

G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA