Davlatimiz rahbarining BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. 
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
photo5244789920873163279.jpg
Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o‘zaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

O‘zA