Kelgusi haftada respublikamizda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazi 26-29-mart uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
QORAQALPOGʻISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgarib turadi, 26-27-mart kunlari yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlish ehtimoli bor. 28-29-mart kunlari esa yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini sharqqa oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 martda kechasi 7-12o iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. 27-mart kechasi 5-10 , kunduzi 10-15, 28-29-mart kunlari kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 darajagacha koʻtariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 26-27-mart kunlari baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 28-29-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq, 28-mart kuni esa 13-18 daraja iliq boʻladi.
TOSHKЕNT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 26-29-mart kunlari baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, 26-martda kunduzi 19-24 daraja iliq, 27-martda 15-20 daraja iliq, 28-29-martda 13-18 daraja iliq boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 26-29-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 26-martda 20-25 daraja iliq, 27-martda 18-23 daraja iliq, 28-martda 15-20 daraja iliq, 29 martda 17-22 daraja iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgarib turadi, 26-mart kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, 27-29-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 26 martda 17-22, 27-29-martda 13-18 daraja iliq boʻladi.
RЕSPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi.Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-martda kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq, 27-29-mart kunlari kechasi 2-7, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

OʻzA