Endi paxta moyining narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi

Endi paxta moyining narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi

Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan paxta moyining narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi.
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (229-son, 18.03.2019 y.). Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, endilikda quyidagi tovarlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi:
• aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan paxta moyi;
• shulxa va paxta chigiti shroti.

 

O‘zA

  19.03.2019, 15:48  |    118 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!