Info-tur ishtirokchilari Chimboyda Berdaq va Kunxo‘ja majmuasiga tashrif buyurdi

Info-tur ishtirokchilari Chimboyda Berdaq va Kunxo‘ja majmuasiga tashrif buyurdi

Berdaq va Kunxo‘ja shoirlarning qabri Chimboy tumanidagi “Qoraqum eshon” qabristonida joylashgan.
Mehmonlarni Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari Baxtjon Habibullaev va Chimboy tumani hokimi Po‘lat Eshonov kutib oldi.
Chimboy tumanida qoraqalpoq xalqining buyuk farzandlari Berdaq va Kunxo‘ja shoirlarga atab barpo etilgan ramziy qabr va me’morial muzeyga tashrif buyurayotgan sayyohlarda katta taassurot qolmoqda.
photo5210675236159204339.jpg
Berdaq va Kunxo‘ja shoirlarning qabri Chimboy tumanidagi “Qoraqum eshon” qabristonida joylashgan. Bu dargoh Nukus shahridan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 3,5 – 4 gektar maydonni egallagan.
Atrofga boqsangiz,suv tanqis, yerda sho‘rlanish kuchli. Ammo bu qutlug‘ maskanda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan, sho‘r yerga chidamli daraxtlar o‘tqazilgan.
– Qutlug‘ dargohga har yili xorijdan ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi. Hududimizdagi muqaddas qadamjolar nafaqat respublikamiz, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari uchun aziz va qadrlidir. Yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar ulug‘ shoirlarimizga bo‘lgan ehtiromimizni yuqori baholamoqda, – deydi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari B.Habibullaev.
photo5211061302179506652.jpg
Qoraqalpoq shoirlari Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaq va Ibrohim o‘g‘li Ko‘nxo‘ja xotirasiga atab tashkil qilingan muzeyda o‘z davrga xos noyob buyumlar saqlanmoqda.
– Ushbu muzey sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi Qoraqalpoq hunarmandchilik maktabi o‘qituvchisi Qunduz Qurbonova. – Ayniqsa, muzeyda xotira rasmi saqlanayotgan Hurlima Berdaq qizi haqidagi rivoyatlar har bir tashrif buyuruvchi uchun qiziqdir.O‘z vaqtida ayollar uchun juda ko‘p cheklovlar, ayniqsa, qo‘shiq aytish ta’qiqlangan bir paytda Hurliman o‘z baxshichilik san’atini namoyon eta olgan.
Info-tur davom etmoqda, saytimizni kuzatib boring!

 

Muhayyo Toshqoraeva, O‘zA

  14.03.2019, 16:23  |    214 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!