Info-tur ishtirokchilari Nukus shahriga yetib keldi

Info-tur ishtirokchilari Nukus shahriga yetib keldi

Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga info-tur tashkil etilmoqda.
Bugun, erta tongda info-tur ishtirokchilari Nukus xalqaro aeroportiga yetib keldi.
photo5210758841992587666.jpg
Tadbirning birinchi kun dasturidan qoraqalpoq shoirlari Kunxo‘ja, Berdaq va Aximbet baxshi maqbaralarini ziyorat qilish hamda Chimboy tumaniga tashrif buyurib, qoraqalpoq xalqining odatiy an’ana tarziga aylangan Qora uy yasash ustaxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Saytimizni kuzatib boring, tadbir tafsilotlari onlayn yoritiladi!

 

Muhayyo Toshqoraeva, O‘zA

  14.03.2019, 15:41  |    143 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!