Bank mijozga xizmat qilmoqda

Bank mijozga xizmat qilmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan edi.
Hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar belgilanib, bir qator istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
“Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga ham topshiriqlar berildi.
Respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan aholi va tijorat banklarida faoliyat yuritayotgan korxonalar bo‘sh pul mablag‘larini bank muddatli depozitlariga jalb qilish orqali korxona va tashkilotlarga shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratishga bank o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Aholining naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida bank filialimizda bankomat o‘rnatildi. Naqd pul bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan kam ta’minlangan oilalarga, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida bankka 10 ta mahalla biriktirilgan. 207 ta fuqaroga 3 milliard 287,5 million so‘m kredit ajratish belgilandi. O‘tgan davrda 112 fuqaroga jami 1 milliard 866 million, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi 132 mijozga 3 milliard 198 million so‘m kreditlar ajratildi.
Shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga ham filialimiz muayyan hissa qo‘shmoqda. Jumladan, 2018 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri X.Abdambetov ko‘chasida 305 xonadon egalari o‘z uylariga ega bo‘ldi. 305 fuqaroga 22.615,61 million so‘m uzoq muddatli kredit ajratildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kelgusi 3 yilda jami 1 ming 350 ta xonadondan iborat 30 ta uy-joy qurilishi belgilangan. Ipoteka bank tomonidan 2018 yil uchun rejalashtirilgan jami 450 xonadonli, 10 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi moliyalashtirildi.
Xo‘jayli, Qonliko‘l va Ellikqal’a tumanlarida jami 218 ta yangilangan arzon namunaviy uy-joy qurilishi uchun boshlang‘ich badal mablag‘lari to‘liq shakllantirildi va injiniring kompaniyasining maxsus hisob raqamiga bo‘nak tariqasida o‘tkazib berildi.
Prezident va hukumat qarorlari asosida “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan chet el kredit mablag‘larini jalb qilish orqali respublikada baliqchilikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada bank tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi “Qaraqalpaqbaliqsanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini muhim ahamiyat kasb etayotir.
“Ipoteka bank” ATIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan 2018 yilda Xitoy davlat taraqqiyot banki kredit liniyasi orkali Xitoyning “E-LINE CO Ltd” korxonasi bilan import shartnomasi tuzilib, baliq va baliq maxsulotlarini zamonaviy qayta ishlash, quritish, qadoqlash va muzlatib saqlash uchun yangi asbob-uskunalar va maxsus 5-ta texnikalar O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu uskunalarni o‘rnatish uchun yangi sex qurilishi davom etmoqda. 2019 yili qurilish ishlari to‘liq yakunlanib sex ishga tushgandan so‘ng 15 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ishlab chiqarilgan baliq va baliq mahsulotlari (dudlangan, qadoqlangan file, muzlatilgan)ni ichki bozorga hamda chet elga eksport qilish.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida filial tomonidan 40 dona ISUZU SAZ HC-40 rusumli va 10 dona SAZ NP 26 rusumli avtobuslar sotib olish uchun kredit mablag‘lari ajratildi. Bugungi kunda bu avtobuslar aholiga namunali xizmat ko‘rsatayotir.
Bugungi kunda mijozlarning plastik kartochkalariga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga ularga onlayn tizimda ishlovchi plastik kartalarning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar, SMS xabar xizmati, CLICK xizmatlarini yoqtirish va undan foydalanish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berilayotir.
Bundan tashqari, budjetdan moliyalashtirilayotgan tashkilotlar xodimlarining oylik ish-haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini G‘aznachilik boshqarmasining UzASBO dasturi xamda internet-bank xizmati orqali ularning plastik karta hisob varaqlariga kirim qilish tizimlari ishlab kelmoqda.

 

O‘zA

  11.03.2019, 16:47  |    187 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!