1 million soʻm qiymatga ega, 30 milliard soʻmlik 30 ming dona qimmatli qogʻoz auksion savdolariga joylashtirildi

Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qogʻozlarning soʻndiriladigan umumiy hajmi 34,5 milliard soʻmni tashkil etadi.
Joriy yilning 5 mart kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy boʻlgan 1 mln. soʻm nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 30 mlrd. soʻmlik 30 ming dona davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtirish boʻyicha auksion savdolari oʻtkazildi. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha foiz toʻlovlari har chorak amalga oshiriladi. Bu haqida Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qildi.
Auksionda 2ta diler ishtirok etgan boʻlib, ular tomonidan 30,0 mlrd. soʻm hajmidagi 30 000 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.
Auksion davomida 30 000 dona qimmatli qogʻozlar 30,02 mlrd. soʻm qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).
Auksionda joylashtirilgan davlat qimmatli qogʻozlarning soʻndiriladigan umumiy hajmi 34,5 mlrd. soʻmni tashkil etadi.
Qimmatli qogʻozlarning oʻrtacha tortilgan daromadliligi, minimal daromadlilik darajasi hamda chegirish narx boʻyicha maksimal daromadlilik darajasi yillik 14,94 foizni tashkil etdi.

 

OʻzA

  06.03.2019, 08:25  |    68 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!