Oltin tangalar 500 mingga, kumush tangalar 13 ming soʻmga arzonlashdi

Oltin tangalar 500 mingga, kumush tangalar 13 ming soʻmga arzonlashdi

Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini eʼlon qildi.
Markaziy bank esdalik tangalarning 2019 yil 6 martdan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.
Unga koʻra:
1 ta oltin tanga narxi – 13 400 000 soʻm; 
 
1 ta kumush tanga narxi – 253 000 soʻmni tashkil etdi. 
Esdalik tangalarning har birini ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Eslatib oʻtamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qoʻyilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda ogʻirligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yoʻlga qoʻyildi.
Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

 

OʻzA

  06.03.2019, 08:23  |    96 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!