Bahorning ilk kunida qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 1 mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
ToshkentSamarqandJizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.
AndijonNamangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi (yomgʻir, qor). Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

 

OʻzA