Muhokama markazida jurnalistlar xavfsizligi masalalari

Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida UNESSOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniya elchixonasi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan “Oʻzbekistonda jurnalistlarning huquqlarini himoya qilish va xavfsizlik masalalari” loyihasi doirasida seminar trening oʻz ishini boshladi.

Seminarda Xalqaro xulq-atvor kodeksining umumiy tamoyillari, Xalqaro axloq kodeksi, OAV xodimlari bilan kim muloqot qilishi mumkinligi, xavfsizlik kuchlari aʼzosining nutqi doirasi, jurnalist bilan suhbatlashish uchun vakil tomonidan koʻriladigan ehtiyot choralari kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro ekspert Pol Daudin Klevo ishtirokida oʻtkazilayotgan treningda professorlar, tadqiqotchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jurnalistlar hamda talaba yoshlar qatnashmoqda.

Mazkur seminar-trening 3 kun davom etadi.

 

Nazokat Rajabova, OʻzA