Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi tasdiqlandi

Turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi.
Hukumat qarori bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi.
Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga koʻchib kirishga asos boʻlgan order asosida oʻn kunda ijara shartnomasi tuziladi.
Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib, turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Ijara haqini toʻlash muddati shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, u har oyda toʻlanadi.

 

OʻzA