Koʻp qavatli uyda portlash sodir boʻldi

“RIA Novosti”ning mahalliy idora maʼlumotlariga asoslanib xabar berishicha, bugun tongda Qozogʻistonning Jambil viloyati markazida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida portlash sodir boʻlgan. 
Xabarda qayd etilishicha, favqulodda hodisada kamida ikki kishi halok boʻlgan. Hozirda portlash sabablari oʻrganilmoqda. Hodisa joyida tezkor xizmat mutaxassislari, psixologlar ish olib bormoqda.

 

OʻzA