Nikolay Valuyev Ruslan Chagayevdan uchragan magʻlubiyati sababini oshkor etdi

oʻsha tarixiy jangda Valuyev hamyurtimizni osongina yengaman, deya oʻylagandi. Oxir-oqibat…
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlgan boks oqshomi arafasida oʻzbekistonlik mutaxassislar – Nabijon Ismonov hamda Zufar Sulaymonov WBAning sobiq chempioni, ayni vaqtda siyosat olamida faoliyat yuritayotgan Nikolay Valuyev bilan uchrashishdi.
Suhbat davomida mashhur bokschi oʻzbek boksiga yuqori baho berar ekan, yurtimiz charm qoʻlqop ustalariga havas qilishini yashirmadi. Eng muhimi, bir necha yil oldin hamyurtmiz, Ruslan Chagayevga qarshi oʻtkazgan jangni hayajon bilan yodga olib, jang oldidan osongina gʻalaba qozonaman, deb oʻylaganini, jang mobaynida esa Ruslan uchun jonli nishonga aylanganiga iqror boʻlgan.

 

OʻzA