Jahon chempionlari Turkiyada yigʻin oʻtkazadi

Jahon chempionlari Turkiyada yigʻin oʻtkazadi

Bugun Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga joʻnab ketdi.
Yodingizda boʻlsa, oʻtgan yilning bahorida Rossiyada tashkillashtirilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasidagi jahon chempionatida yurtdoshlarimiz bosh sovrinni qoʻlga kiritishgan edi. Futbolchilarimiz musobaqa finalida Pokiston termasiga qarshi kurash olib borgan va penaltilar seriyasiga koʻra gʻalaba qozongandi.
Terma jamoamiz oldida bu mavsum ham muhim musobaqalar turibdi. Jamshid Asadov bosh murabbiyligidagi termamiz shu yilning iyul oyida Polshada boʻlib oʻtadigan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari oʻrtasidagi jahon kubogida qatnashishadi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faoliyat yuritayotgan barcha terma jamoalar kabi mazkur terma jamoa aʼzolariga ham barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Shu maqsadda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat terma jamoamiz bugun yigʻin oʻtkazish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga joʻnab ketdi. Futbolchilarimiz Antaliyada 28 fevralga qadar mashgʻulotlar olib borishadi.

 

Oybek Yunusov, OʻzA

  19.02.2019, 16:36  |    184 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!