Nukusning yosh gimnastikachilari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi gimnastikaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida qariyb 430 qiz sport mashg‘ulotlariga jalb etilgan.

4.jpg

Sport maskani zamonaviy sharoit va moddiy-texnik bazaga ega. Sakkiz malakali murabbiy mahorat sirlaridan saboq bermoqda. Maktabning Gulchehra Najimova, Nigora Qalnazarova, Oydana Xudoyberganova, Shoira Allamberganova, Shohsanam O‘rozboyeva singari yosh gimnastikachilari mamlakat miqyosidagi musobaqalarda yaxshi natijalarga erishmoqda.

 

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA