Iqtidorli talabalarga beriladigan stipendiyalar yana bittaga koʻpaydi

Iqtidorli talabalarga beriladigan stipendiyalar yana bittaga koʻpaydi

Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorlik talabalariga beriladigan stipendiyalar endilikda yana bittaga koʻpaydi. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturni ijrosini taʼminlash, gidroenergetika sohasining malakali mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy talabini inobatga olib, malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini qoʻllab-quvvatlash, xususan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida stipendiya joriy etilgan.
Mazkur stipendiyani birinchilardan boʻlib, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining besh nafar talabasi sazovor boʻldi. Ularning 2 nafari magistratura, 3 nafari bakalavr yoʻnalishida tahsil olmoqda.
IMG_8681.JPG
Stipendiyalar miqdori eng kam ish haqqining 6 barobarini tashkil etadi. Mazkur stipendiya talabaning institutdan oladigan stipendiyasidan tashqari, bir yil davomida berib boriladi.
Qayd etish joizki, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining nomdor stipendiyasini talabalarga berish jarayonlari ochiq va shaffof tarzda oʻtkazildi. Stipendiyaga taqdim etilgan nomzodlar institut ilmiy kengashi tavsiyasi va jamiyatda tuzilgan komissiyaning belgilangan talablari asosida aniqlandi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oʻtkazilgan tadbirda talabalarga jamiyatning maxsus guvohnomasi va plastik kartochkalari topshirildi.

 

Sayyora Shoyeva, OʻzA

  13.02.2019, 16:36  |    244 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!