Kanada kompaniyasi Oʻzbekistonga oʻz xizmatlarini taklif etmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligida Kanadaning “Blockfusion” kompaniyasi vakillari Aleks Martini-Lo Manto, Jordan Oksley, Kant Trivedi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mehmonlar “Blockfusion” blokcheynlar infratuzilmasini yaratuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri ekani, kriptografiyani ommaviy joriy qilishni ragʻbatlantirish maqsadida kriptoxizmatlar majmuini taklif etuvchi yangi loyihalarga investitsiyalar kiritish bilan shugʻullanishi haqida soʻzladi. Suhbat davomida Oʻzbekistonga yuqori texnologiyalarni joriy qilish, jumladan, quyosh batareyalari va panellari, yuqori tezlikdagi 5G aloqa bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kompaniya mahsulotlari haqida toʻliq maʼlumotlar taqdim etilganidan keyin muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.

 

OʻzA