Milliy multqahramonlar obrazini yaratish boʻyicha

3-ilova

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida ”gi PQ-4038-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi hamda milliy kinematografiya va multiplikatsiyani rivojlantirish uchun

Milliy multqahramonlar obrazini yaratish boʻyicha

Ijodiy tanlov eʼlon qiladi

Tanlov milliy qahramonlarimiz hamda oʻzbek bolajonlarining bugungi begʻubor hayotini ifodalab beruvchi obrazlari asosida jahon andozalariga mos multiplikatsion film yaratish maqsadida tuziladi.

Tanlovda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar animatsion film olish tajribasiga ega boʻlgan yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

belgilangan shakl boʻyicha Tanlovda ishtirok etish uchun ariza;

adabiy ssenariyning bosma varianti hamda elektron varianti;

tanlangan ijodiy-texnik guruh tarkibi va ular haqida qisqacha maʼlumot;

multfilm asosiy personajlarining eskizlari;

kinoloyihaning texnik-iqtisodiy asoslari.

Taqdim etilgan kinoloyihalar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashi nizomi talablari asosida koʻrib chiqiladi va kengash yigʻilishlarida taqdimot tarzida oʻtkaziladi.

Ariza beruvchilar tanlovda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan materiallarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy huquqlarga ega boʻlishlari shart.

Materiallar davlat tilida, oʻzbek tili imlo qoidalariga amalga qilgan holda tayyorlanadi.

Taqdim qilingan ssenariyning har bir nusxasi tikilgan, varaqlari raqamlangan boʻlishi va muallifning imzosi va ariza beruvchining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart. Elektron koʻrinishdagi adabiy ssenariy raqamli elektron tashuvchi vositalarda taqdim qilinishi mumkin.

Ariza beruvchilar tomonidan materiallar “Oʻzbekkino Milliy agentligi Badiiy kengashiga” belgisi bilan Agentlikka yuboriladi.

Tanlov boʻyicha hujjatlar faqat davlat tilida rasmiylashtirilib, 2019 yil 29 mart kuni soat 18-00 gacha qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan ssenariy taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar: 71-277-81-49, 71-277-81-05.

Manzilimiz: Toshkent shahri, Chilonzor koʻchasi 1a. Ind.: 100115.

                          www.uzbekkino.uz

  25.01.2019, 09:43  |    159 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!