Ilmiy fanlarga oshno etib...

Oʻzbekistonda bolalarning toʻlaqonli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Oʻtgan yilning noyabr oyida poytaxtimizda joriy qilingan “Aqlli shahar“ loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar ham aynan shunga yoʻnaltirilgan.

“Aqlli Toshkent“ loyihasi 2013 yilda Moskvada M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining bitiruvchilari tomonidan boshlangan “Aqlli shahar“ loyihasi doirasida tashkil etildi va dunyoning qariyb 30 shahrida oʻtkaziladi. Hammasi unumsiz maʼruzalardan boshlangan edi, bugun esa bu noyob formatdagi ilmiy-ommabop dasturlar va oilaviy hordiq xalqaro loyihasidir.

Loyiha tashkilotchilari M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, mazkur oliy taʼlim muassasasining Toshkentdagi filiali vakillari, shuningdek, poytaxtimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari hisoblanadi. Ular bolalarga yangi bilimlarni yengil va qiziqarli shaklda interfaol va ilmiy dalillarni unutmagan holda yetkazishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Shunday qilib, “Yer sayyorasi“ ularning eng birinchi mavzusi boʻldi. Ular mashgʻulot vaqtida vulqon va uning otilishini boshqaradigan qurilma yasadi.

– Bolalar mustaqil ravishda neft qazib oldi, uni haydadi, natijada benzin oldi, – deydi loyiha tashkilotchisi Timur Miniboyev. – Ular meteostansiya, ob-havo maʼlumoti qanday olinishi va hatto mustaqil ravishda uni bashorat qilish haqida maʼlumot oldi. Biz bolalar va ularning ota-onalarida fanga qiziqish uygʻotishga harakat qilmoqdamiz. Bolalar laboratoriyada shugʻullanayotgan vaqtda ota-onalar uchun xuddi shu mavzu boʻyicha alohida kattalar dasturi – ilmiy stendap-shou janrida maʼruza-viktorina oʻtkaziladi.

Yaqinda M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filialida boʻlib oʻtgan ikki soatlik uchrashuv qiziqarli kimyo fani, xususan Mendeleyev davriy jadvaliga bagʻishlangan edi. Bolalar toʻrtta laboratoriyada metallni aniqlashga oid tajribalar oʻtkazdi, reaktivlar yordamida yashirin elementlar magniy va alyuminiyni topdi, yengil va ogʻir metall va nometallar oʻrtasidagi farqni ajratdilar. Bir soʻz bilan aytganda, fanni amaliyotda oʻzlashtirdi.

– Bizni besh guruhga ajratdilar. Har bir guruh toʻrt laboratoriyada boʻldi, – deydi Mirzo-Ulugʻbek tumanidagi 209-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi Yuliana Koka. – Biz vazifalarni mustaqil ravishda bajardik, barcha tajribalarda ishtirok etdik, agar biron nimaga tushunmaganimizda soʻradik. Masalan, biz filtratsiyani oʻtkazdik va mis hamda qalay xossalarini tadqiq qildik, mikroskop ostida tuzdan magniy kristallini oʻstirdik.

Bolalar bilan parallel ravishda kattalar uchun ham qiziqarli dastur tashkil etildi. Qariyb 50 kishi uchun kimyo bilimlari boʻyicha viktorina oʻtkazildi. Albatta ular qiziqarli shakldagi maʼruzalar bilan uygʻunlikda olib borildi. Kattalar buyuk kimyoviy ixtirolar, mashhur olim-kimyogarlar haqida suhbatlashdi va albatta kimyoviy hiylalar toʻgʻrisidagi mashhur afsonalar fosh etildi. Maksimal ballarni toʻplagan gʻolib biologiyaga bagʻishlangan navbatdagi eksperiment sertifikatiga ega boʻldi.

– “Biologik eksperimentlar“ ilmiy-ommabop dasturida bolalar biologiyaning beshta turli boʻlimlari bilan tanishadi, – deydi T. Miniboyev. – Bir laboratoriyada ular oʻrgatilgan laboratoriya sichqonlari, ularning tashqi taʼsirlarga reaksiyasini tekshirsalar, boshqasida genetika, mikroorganizmlarning turli oziq-ovqat mahsulotlariga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻladi. Soʻngra bolalar kolbada yopiq biosferani oʻstirishlari mumkin. Beshta laboratoriyadagi kichik tadqiqotlar yosh tadqiqotchilarga biologiyaning asosiy usullarini farqlashga yordam beradi.

Loyiha tashkilotchilari har oy tabiiy fanlardan biri boʻyicha yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan mutlaqo yangi dastur taqdimotini oʻtkazadi. Chiptalarni harid qilishda chegirmalar tizimi amal qilib, ota-onalar kattalar dasturida bepul ishtirok etishi mumkinligini taʼkidlash joiz.

Har bir tadbirning yakunida bolalarga diplomlar topshiriladi.

3.jpg

5 (1).jpg

 

Irina Dolenko, OʻzA