Toshkent yer osti metrosi uchun Rossiya poyezdlari sotib olinadi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Metrovagonmash” AJ (Rossiya) bilan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida toʻrt vagonli tarkibdagi ikkita motorli bosh vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat beshta sostav xarid qilish toʻgʻrisidagi Memorandum ahdlashuviga erishildi.

Bitimni moliyalashtirish manbalari, shuningdek, Rossiya vagonlari va uskunalarini transportda tashish shartlari regulation.gov.uz. meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihalarini muhokama qilish portalida keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent metropolitenining yer ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida bayon qilingan.

Xususan, qaror loyihasiga muvofiq, loyihani investitsiyalash davrida moliyaviy xarajatlar toʻloviga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi rekonstruksiya va rivojlantirish Jamgʻarmasi krediti, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Taraqqiyot va tashqi iqtisodiy faoliyat banki kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

Unda jalb etilayotgan kreditlarni qaytarish, foizlarni toʻlash, komissiya va ular bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ buyurtmalari asosida mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyati 2019 yil 1 martgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda “Toshkent metropolitenining yer ustki liniyasi uchun harakatdagi sostav vagonlarini xarid qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobini tasdiqlash uchun kiritadi.

 

Roman Bondarchuk, OʻzA