Oʻzbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga binoan Oʻzbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bugun, 14 yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev yigʻilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini taʼkidladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati