2018 yilda nechta migrant vafot etgan yoki izsiz yoʻqolgan

2018 yilda 4600 nafar migrant vafot etgan yoki izsiz yoʻqolgan, deya xabar bergan Migratsiya xalqaro tashkiloti.
Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda tashkilotning rasmiy vakili Leonard Doylning maʼlum qilishicha kamida 4 592 nafar migrant safar davomida vafot etgan yoki izsiz yoʻqolgan. Ularning yarmidan koʻpi – 2 297 ming nafari Afrikadan Yevropaga Oʻrta yer dengiz orqali oʻtmoqchi boʻlganlardir. Shimoliy Afrikada 567 kishi, janubiy Saxarada joylashgan Afrika davlatlarida 559, Meksika va AQSH chegarasida 393, Afrikaning boshqa hududlarida ― 274 nafar migrant halok boʻlgan yoki izsiz yoʻqolgan. Roʻyxatni Yaqin Sharq (121), Yevropa (109), Markaziy Amerika (77), Janubi-Sharqiy Osiyo (68) va Markaziy Osiyo (52) davom ettiradi. Boshqa hududlarda jabrlanganlar ancha kam. Xususan, Karib dengizida 34, Janubiy Amerikada 27 kishi vafot etgan yoki izsiz yoʻqolgan.
Doylning maʼlumotiga koʻra 2018 yilda Yevropaga Oʻrta yer dengizi orqali 116 ming migrant kirib kelgan.

 

Gulshod Azimova, OʻzA