2019 yilda Oʻzbekistonga eng yirik investitsiya olib kiradigan davlatlar maʼlum...

“2019 yilda eng yirik investitsiyalar Buyuk Britaniya, Polsha, Rossiya, Germaniya davlatlari tomonidan kiritilishi kutilmoqda”, deya qayd etildi Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan “Investitsiya – iqtisodiyot drayveri, uning yuragi: islohotlar, muhim vazifalar va muammolar tahlili” mavzusiga bagʻishlangan anjumanida. 
Shuningdek, ochiq muloqot davomida ishtirokchilar Oʻzbekistonda investitsiyani rivojlantirishning yangi ustuvor yoʻnalishlari, davlatning sohada amalga oshirayotgan islohotlari, dunyo davlatlarining mamlakatimizga olib kirayotgan investitsiyalari haqida ham maʼlumotlar berildi. Ayniqsa, Oʻzbekiston jahonda turizm rivojlanadigan eng katta mintaqa sifatida eʼtirof etilayotgani, buning uchun bu oʻlkaning geografik joylashuvi, madaniy va qadimiy tarixi, tabiiy muhiti, boy anʼana va urf-odatlari, zamonaviy koʻrinishi kabi omillar koʻpchilik sayyohlarni oʻziga jalb etayotganini taʼkidlashdi.

 

OʻzA