Javohir Siddiqovga qitʼaning grant klublaridan takliflar bor

Ertaga BAAdadavom etayotgan qitʼa chempionatida milliy terma jamoamiz dastlabki oʻyinini oʻtkazadi. Unda qoʻqonlik Javohir Siddiqov debyut oʻyinini oʻtkazishi mumkin

Javohir Siddiqov soʻnggi ikki, ayniqsa, oʻtgan yilgi mavsumda el olqishiga sazovor boʻldi. Chaqqon harakatlari, chiroyli fintlari bilan muxlislari hurmatini qozondi. Ayni paytda BAAda davom etayotgan Osiyo chempionatida milliy terma jamoamiz safida ilk bor maydonga tushishi kutilayotgan Javohirga ortda qolgan yilning oʻzida chetdan “sovchilar” chiqa boshladi. Buni uning bosh murabbiyi Noʻmonjon Hasanov ham tasdiqlab turibdi.

Vodiylik hamkasblarimizga intervyu berar ekan, Noʻmonjon Javohir Siddiqov haqida shunday dedi:

– Javohirning maqsadi chetga ketish. U ancha ulgʻaydi va isteʼdodli futbolchi boʻlib yetishdi. U mablagʻni birinchi oʻringa qoʻyadiganlardan emas. Unga puldor joylardan takliflar chiqyapti, lekin u futbolchi sifatida yanada oʻsishni xohlayapti. Birinchi navbatda mamlakat milliy terma jamoamizga koʻproq foydasi tegishini istayapti. Vaholanki, unga Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarning eng kuchli klublari jiddiy taklif bilan chiqishyapti. Oʻzi ham intervyu berganida odob saqlagan holda chiroyli gaplarni aytyapti. U ketsa ham biz bilan maslahatlashib keyin ketmoqchi. Shuning oʻzi ham uning tarbiyasidan darak beradi.

 

OʻzA