TAYINLOV: Toshkent shahriga bosh imom tayinlandi

Bugun, 4-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xoʻja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” jome masjididagi 4-yanvar kungi juma namozida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

 

OʻzA