“Artel” va “Akfa” Ukrainani zabt etmoqda

Bundan ikki yil muqaddam Ukraina bozorlariga “Artel” va “Akfa” maishiy texnikalari kirib borgan edi. Endilikda Oʻzbekistondan toʻqimachilik, charm-poyafzal, maishiy texnika, yengil mashina, avtobus va bir qator mahsulotlar eksporti yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilmoqda. Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, yakunlangan yilda bu borada muhim siljishlarga erishilgan.
Jumladan “Samavto” avtobuslarining Ukrainaga eksporti yoʻlga qoʻyilgan. ”Made in Uzbekistan” biznes forumi doirasida Ukrainalik ishbilarmonlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bilan qaraganlar. Uning doirasida 25 million AQSH dollariga teng shartnoma imzolangan. Farmakologiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya kiritishga yoʻnaltirilgan 10 million dollarlik farmakologik mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan loyiha kutilmoqda. Shuningdek eksport hajmini yangi yilda 220 million dollarga yetkazish moʻljallangan. Toshkent-Kiyev yoʻnalishidagi aviaqatnovlarning yoʻlga qoʻyilishi esa har ikki tomon uchun ham turizm eshiklarini keng ochadi.

 

OʻzA