SHHT MATT Ijroqoʻmi yangi direktori ish boshladi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining qaroriga binoan 2019-yil 1-yanvardan boshlab Tojikiston Respublikasi vakili Jumaxon Gʻiyosov Toshkent shahrida joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori hisoblanadi. Bu haqida Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, 2017-2018-yillarda u SHHT MATT Ijroqoʻmi direktori oʻrinbosari boʻlib ishlagan, bundan avval esa Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasida va Diniy ishlar qoʻmitasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.
eslatib oʻtamiz, 2016-2018-yillarda Rossiya Federatsiyasi vakili Yevgeniy Sisoyev SHHT MATT Ijroqoʻmi direktori boʻlgan edi.

 

OʻzA