Ilgʻor innovatsion texnologiyalar – samaradorlik omili

Ilgʻor innovatsion texnologiyalar – samaradorlik omili

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida “Vanyukov jarayoni muammolari, ularni hal etish yoʻllari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti (Rossiya Federatsiyasi) “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filialida tashkil etilgan xalqaro anjumanda Rossiya, Xitoy, Germaniya, Finlyandiya va Qozogʻistondanolimlar, ekspertlar, yurtimizdagi soha mutaxassislari, filial talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar yuksak samaralar berayotgani taʼkidlandi.

Ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish samaradorlikka erishishning, xususan sarf-xarajatlarni qisqartirish, ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish, tizim boshqaruvini avtomatlashtirishning asosiy sharti ekaniga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada kombinatga 2022-yilga qadar 2 milliard dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgani qayd etildi.

4.JPG

Maʼlumki, oʻtgan asrning 40-yillarida rossiyalik olim A.Vanyukov tomonidan tabiiy xomashyoni pirometallurgiya usuli bilan qayta ishlash hamda undan suyuq va gazsimon mahsulotlar olish jarayoni ishlab chiqilgan. Bu usul keyinchalik ushbu olim nomi bilan atalgan. Mazkur texnologiya nafaqat mis, balki qoʻrgʻoshin va poʻlat metallurgiyasi, balki maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish sohasida ham qoʻllana boshlandi. Mutaxassislar fikricha, ayni paytdaVanyukovusuli metallurgiya sohasi rivojida muhim ahamiyatga ega, istiqbolda ham shunday boʻlib qoladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Vanyukov jarayoni rivojlanishining bugungi holati va istiqbollari, bu boradagi dunyo tajribasi va kombinatning real holatidan kelib chiqib, ushbu usul asosida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mis eritish zavodi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Konferensiya ishtirokchilarining mavzuga oid savollariga xorijlik olim va ekspertlar batafsil javob berdi.

 

Avazbek Xudoyqulov, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA

  20.12.2018, 10:21  |    76 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!