Chen Chjimin: Oʻzaro muloqotimiz yuqori diplomatik munosabatlar mevasidir

Xitoy Xalq Respublikasining Umumxitoy doʻstlik hamkorligi assotsiatsiyasi raisi Chen Chjimin boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda mehmon boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida 17 dekabr kuni delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Rustam Qosimov bilan uchrashdi.

Doʻstona muloqotda Rustam Qosimov va Chen Chjimin Oʻzbekiston bilan Xitoy munosabatlarining tarixiy ildizlari, bugungi holati va istiqboli haqida soʻz yuritdi.

– Mamlakatlarimiz munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda, – dedi Rustam Qosimov. – Bugungi kunda Oʻzbekiston – Xitoy oʻrtasida deyarli barcha sohalarni qamrab olgan 200 dan ziyod kelishuv va shartnoma imzolangan boʻlib, ular muvaffaqiyatli amalga oshmoqda. Qator shaharlarimiz Xitoy shaharlari bilan birodarlik aloqalarini oʻrnatgan.

Chen Chjimin yurtimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq turli millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillarining oʻzaro totuvligini taʼminlash uchun yaratilgan sharoit va muhitga yuqori baho berdi.

– Mana shunday muloqotimiz ham mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yuksak diplomatik munosabatlarning mevasidir, – dedi Chen Chjimin. – Oʻylaymanki, doʻstona va samimiy uchrashuvimiz kelgusi muloqotlarimizga koʻprik boʻladi.

2.JPG

10.JPG
6.JPG

 

Malohat Husanova, Otabek Mirsoatov (surat), OʻzA