Prezidentimiz sportchi-yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimizrahbari Qarshi shahrida qurilgan yangi yopiq suzish havzasi faoliyati bilan tanishdi.

“Vatanparvarlar” bogʻi yonida qad rostlagan ushbu zamonaviy inshootda 25/11 metrlik toʻrt yoʻlakdan iborat ikkita suzish havzasi mavjud. Havzadagi suv har oʻn soatda maxsus filtrlar yordamida toʻliq yangilab turiladi.

Yana bir muhim jihati, inshootdagi havzalarmilliy mentalitetimizdan kelib chiqib, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun alohida qurildi.

Prezidentimiz bu yerda shugʻullanayotgan yosh sportchilar bilan muloqot qildi. Sportchilarga navbatdagi musobaqalarda omad tiladi.

75bc9ee3-4426-d0de-6d11-c7292183b5ea.jpg

ff4b6868-2f1c-c8b1-32b7-505debd93976.jpg

 

Z.Jonibekov, OʻzA