Yevropa Ligasi: 1/16 finalning 16 ishtirokchisi maʼlum

Kecha tunda boʻlib oʻtgan Yevropa ligasining guruh bosqich 5-tur oʻyinlaridan keyin pley-off bosqichiga yoʻl olgan 16 jamoa nomi maʼlum boʻldi. Demak, “Bayer” (Germaniya), “Syurix” (Shveysariya), “Dinamo” (Zagreb, Xorvatiya), “Arsenal” (Angliya), “Chelsi” (Angliya), “Ayntraxt” (Germaniya), “Latsio” (Italiya), “Zenit” (Rossiya), “Betis” (Ispaniya), “Fenerbaxche” (Turkiya), “Sporting” (Portugaliya), “Red Bull Zalsburg” (Avstriya), “Dinamo” (Kiyev, Ukraina) jamoalari Yevropa ligasining 1/16 final bosqichida kurashni davom ettirishadi.
Shuningdek, ular safiga YECHLning guruh bosqichida oʻz guruhlarida 3-oʻrinni egallashi aniq boʻlgan “Bryugge” (Belgiya), “Benfika” (Portugaliya) va “Valensiya” (Ispaniya) klublari ham qoʻshilishadi. YELning pley-off bosqichiga yoʻl oladigan qolgan jamoalar nomi 6-tur oʻyinlaridan keyin maʼlum boʻladi.

 

OʻzA