FUTBOL: Osiyo Chempionlar ligasiga qurʼa tashlandi

Mamlakatimiz chempioni musobaqaning “V” guruhida, vitse-chempioni “D” guruhida, AGMK esa saralashdan oʻta olsa “A” guruhida toʻp suradi
photo5453919029635951101.jpg
Bir necha daqiqalar oldin Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol Konfederatsiyasi qarorgohida 2019 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi oʻyinlari uchun qurʼa tashlash marosimi yakuniga yetdi.
Katta ehtimol bilan 26 noyabr kuni “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari oʻrtasida oʻtadigan Pepsi Super liganing 31-tur doirasidagi uchrashuvdan keyin maʼlum boʻladigan chempion taqdiri OCHLda ishtirok etadigan vakillarimiz nomiga oydinlik kiritib beradi.
Atigi bir ochko olish ilinjida maydonga tushgan “temiryoʻlchilar” niyatiga yetgudek boʻlsalar kelasi yilgi yangi mavsum Osiyo chempionlar ligasida “B“ guruhida ishtirok etadi. Ushbu guruhda “Al Ittihod“ (Saudiya Arabistoni) va “Al Vahda“ (BAA) klublari ham joy oldi. Soʻnggi jamoa pley-offdan soʻng maʼlum boʻladi. Bu nomga Qatarning “Ar Rayyan“, Eronning “Saypa hamda Hindistonning “Minerva Punjab“ jamoalari daʼvogarlik qilishmoqda.
Oʻzbekiston vitse-chempioni ( bu nomga ayni paytda “Paxtakor”ning “daʼvogarligi koʻproq) boʻlgan klub saralash oʻyinlarida Iroqning “Eyr Fors“ va BAAning “Al Nasr“ klublarini magʻlub etgan taqdirda “D“ guruhidan oʻrin oladi. Bu guruhdan allaqachon “Persepolis“ (Eron), “Al Sadd“ (Qatar) va “Al Ahli“ (Saudiya Arabistoni) klublari joylashib boʻlgan.
OCHLda ishtirok etishi maʼlum boʻlib ulgurgan, Oʻzbekiston Kubogi sohibi Olmaliqning AGMK jamoasi ham saralash oʻyinlarida “Istiqlol“ (Tojikiston) va “Al Nassr“ (Saudiya Arabistoni) klublari toʻsigʻidan eson-omon oʻtib olgan taqdirdagina guruh bahslarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Shundagina vakillarimiz ni “Al Vasl“ (BAA) va “Al Zavra“ (Iroq) jamoalari joy olgan “A“ guruhi ishtirokchisiga aylanadi. Guruhdagi toʻrtinchi jamoa nomi pley-off bosqichidan soʻng maʼlum boʻladi. Hozirda bu oʻringa daʼvogarlik qilayotganlar – “Al Garafa“ (Qatar), “Zob Ohan“ (Eron), “Al Vihdat“ (Iordaniya) va “Kuvayt SK“ (Kuvayt).
Eʼtiboringizga OCHL qurʼasi natijalarini havola etamiz:
GʻARB MINTAQASI
Birinchi bosqich
5 fevral
“Al Vihdat“ (Iordaniya) – “Kuvayt SK“ (Kuvayt)
Ikkinchi bosqich
12 fevral
Oʻzbekiston vitse-chempioni – “Eyr Fors“ (Iroq)
AGMK (Oʻzbekiston) – “Istiqlol“ (Tojikiston)
“Saypa“ (Eron) – “Minerva Punjab“ (Hindiston)
“Zob Ohan“ (Eron) – “Al Vihdat“ (Iordaniya) yoki “Kuvayt SK“ (Kuvayt)
Pley-off bosqichi
19 fevral
1.“Al Nasr“ (BAA) – Oʻzbekiston vitse-chempioni yoki “Eyr Fors“ (Iroq)
2.“Al Nassr“ (Saudiya Arabistoni) – AGMK (Oʻzbekiston) yoki “Istiqlol“ (Tojikiston)
3.“Ar Rayyan“ (Qatar) – “Saypa“ (Eron) yoki “Minerva Punjab“ (Hindiston)
4.“Al Garafa“ (Qatar) – “Zob Ohan“ (Eron) yoki “Al Vihdat“ (Iordaniya) yoki “Kuvayt SK“ (Kuvayt)
SHARQ MINTAQASI
Birinchi bosqich
5 fevral
1.“Seres Negros“ (Filippin) – “Yangon Yunayted“ (Myanma)
2.“Xoum Yunayted“ (Singapur) – Indoneziya chempioni
Ikkinchi bosqich
12 fevral
1.“Perak“ (Malayziya) – “Kitchi“ (Gonkong)
2.“Bankok Yunayted“ (Tailand) – “Xa Noi“ (Vyetnam)
3.“Chiangrai Yunayted“ (Tailand) – Birinchi bosqich 1 gʻolibi
4.“Nyukasl Jets“ (Avstraliya) – Birinchi bosqich 2 gʻolibi
Pley-off bosqichi
19 fevral
1.Janubiy Koreya 4-klubi – Ikkinchi bosqich 1 gʻolibi
2.Xitoy 4-klubi – Ikkinchi bosqich 2 gʻolibi
3.Yaponiya 3-klubi – Ikkinchi bosqich 3 gʻolibi
4.Yaponiya 4-klubi – Ikkinchi bosqich 4 gʻolibi
Guruh bosqichi oʻyinlari
“A“ guruhi
“Al Vasl“ (BAA)
“Al Zavra“ (Iroq)
Pley-off bosqichi 4 gʻolibi
Pley-off bosqichi 2 gʻolibi
“B“ guruhi
“Al Ittihod“ (Saudiya Arabistoni)
“Al Vahda“ (BAA)
Oʻzbekiston chempioni
Pley-off bosqichi 3 gʻolibi
“C“ guruhi
“Al Duhail“ (Qatar)
“Al Hilol“ (Saudiya Arabistoni)
“Al Ayn“ (BAA)
“Istiqlol“ (Eron)
“D“ guruhi
“Persepolis“ (Eron)
“Al Sadd“ (Qatar)
“Al Ahli“ (Saudiya Arabistoni)
Pley-off bosqichi 1 gʻolibi
“E“ guruhi
Janubiy Koreya 3
“Joxor“ (Malayziya)
Sharqiy pley-off 4 gʻolibi
Sharqiy pley-off 2 gʻolibi
“F“ guruhi
“Guanchjou Evergrand“ (Xitoy)
Janubiy Koreya 2
“Melburn Viktori“ (Avstraliya)
Sharqiy pley-off 3 gʻolibi
“G“ guruhi
Yaponiya 2 gʻolibi
Xitoy 2 gʻolibi
“Chonbuk Xyunday Motors“ (Janubiy Koreya)
“Buriram Yunayted“ (Tailand)
“H“ guruhi
“Sidney“ (Avstraliya)
“Kavasaki Fronteyl“ (Yaponiya)
“Shanxay SIPG“ (Xitoy)
Sharqiy pley-off 1 gʻolibi.
Qurʼa tashlash marosimida “Paxtakor“, “Lokomotiv“ va AGMK klublari vakillari ham ishtirok etdi.

 

Oybek Yunusov, OʻzA