Ijodiy sarhisoblar,yangi filmlar

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida “PROlogue – 2018”xalqaro kinofestivalining ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvi kino sohasi vakillari oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻydi. Yuksak malakali kadrlar tayyorlash, tomoshabinlarni badiiy jihatdan mukammal, yuqori saviyadagi milliy filmlardan bahramand etish, ijodkorlar masʼuliyatini yuksaltirish shular jumlasidandir.

Prezidentimizning 2017-yil 7-avgustda qabul qilingan “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriyoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirishda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan kino sanʼatining rolini oshirish, “Oʻzbekkino” milliy agentligi faoliyatini takomillashtirish borasida yangi istiqbollarni ochmoqda. Unga koʻra, “Oʻzbekkino” milliy agentligi uchun milliy kino mahsulotlarini yaratish boʻyicha yillik ishlab chiqarish hajmining prognoz koʻrsatkichlari belgilab berildi. Joylarda kichik kinostudiyalar va zamonaviy formatdagi kinozallari boʻlgan mintaqaviy madaniy-koʻngilochar komplekslar bunyod etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

8.JPG

Ayni vaqtda kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida agentlik qoshida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, atoqli kinoijodkorlar dars beradigan mahorat maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yurtimizdagi yosh, isteʼdodli va istiqbolli kinoijodkorlar malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“PROlogue – 2018”xalqaro kinofestivalidan koʻzlangan asosiy maqsad ham kinematografiya sohasida yurtimiz va xorijiy tajribani atroflicha oʻrganish, tahlil etish, ijodkorlarning oʻzaro muloqoti uchun zarur imkoniyat va sharoitlar yaratish, yurtdoshlarimizni milliy va jahon kino sanʼatining eng soʻnggi yutuqlaridan bahramand etishdaniboratdir. Ushbu festivalda dunyoning koʻplab davlatlaridan taqdim etilgan 280 dan ortiq kartinadan saralab olingan 31 ta film tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi.

16.JPG

…Tantanali tadbir yurtimiz va xorijlik kino ustalarining qizil yoʻlakchadan oʻtishidek hayajonlionlarbilan boshlandi. Musiqaning shoʻxchan sadolari yangraydi. Xalqaro festival barcha tomoshabinlarni chorlaydi. Ekranlarda koʻringan sevimli sanʼatkorlarimiz, aktyoru rejissyorlar endi roʻparamizda, yonginamizda.Kimdir ular bilan birga suratga tushadi. Birov dastxat olish ilinjida. Hamkasblar yaqin rejalari bilan oʻrtoqlashmoqda. Tadbirda xalqaro kinofestival nominatsiyalari, filmlar yoʻnalishi boʻyicha hakamlar hayʼati tarkibi, namoyish etiladigan filmlar roʻyxati eʼlon qilindi.

Tadbir nihoyasida oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “SCORRION”badiiy filmi namoyish etildi.

Xalqaro kinofestivalning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvaxitov soʻzga chiqdi.

 

N.Usmonova, M.Amin (surat), OʻzA