“TUIT OPEN – 2018” dasturlash boʻyicha musobaqa tashkil etildi

Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya-texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish, oʻquvchi va talaba-yoshlarni dasturlash tillari, IT sohasida innovatsion gʻoyalarni yaratishga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “TUIT OPEN – 2018” dasturlash boʻyicha musobaqa tashkil etildi. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻtkazilgan musobaqaning final bosqichida respublikamizning barcha hududlaridan 34 jamoa ishtirok etdi.
Ular C++, Java, Pyhton, Pascal dasturlash tillari yuzasidan bilimlarini oʻzaro sinovdan oʻtkazishdi.
Yakuniy natijalariga koʻra, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali “MSU Tashkent 0” jamoasi birinchi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “TUIT: ALVA” jamoasi ikkinchi, TATU Urganch filialining “TUIT Urgench Branch masters” jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Gʻolib jamoalarga pul mukofotlari ajratildi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA