1-dekabrdan internet tezligi va trafik hajmi oshiriladi

UZTELECOM shu yilning 1-dekabridan amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirishini maʼlum qildi.

“UZTELECOM doimiy ravishda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va hajmini oshirish yoʻlida faol izlanishlar olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislari telekommunikatsiya xizmatlari bozorini har tomonlama tahlil qilib, UZONLINE abonentlari uchun mavjud yechimlar va foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi takliflar ishlab chiqmoqda.

Joriy yilning 1-dekabrdan UZONLINE amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirgan holda oʻzgartirishlar kiritilayotganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi kompaniya xabarida.

 

OʻzA

  22.11.2018, 09:39  |    224 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!