Zukerberg “Facebook“ dan ketishi kerak!

Kuzatuvchilarning soʻzlariga koʻra,“Facebook“ ijtimoiy tarmogʻi kashfiyotchisi va boshligʻi Mark Zukerberg ijtimoiy media gigantiga aylanib ulgurdi. U anti-demokratik harakatlar bilan butun dunyo odamlarini ijtimoiy tarmoqqa bogʻlab qoʻymoqda. Bu esa insoniyat uchun juda xavfli.

Virtual hayotning ilk kashfiyotchilaridan biri, 58 yoshli Jaron Laniyer bir necha bor raqamli jamiyatning halokatli haqida ogohlantirgan.

“Men Zukerberg ijtimoiy tarmoqlarni tark etsa, dunyo uchun yaxshi boʻlar edi, deb oʻylayman”, deydi Laniyer.

“New York Times“ gazetasining xabariga koʻra, “Facebook“ kompaniyasi Rossiyaning AQSH saylovlari jarayonida aralashishini bilgan.Donald Trampning islomofobik mazmundagi postlarini jazolamagan va boshqa tanqidchilarni “Facebook“ haqidagi iddaolarni buzishga uringan.

 

OʻzA