Yangi blokcheyn loyihalari joriy etiladi

Yangi blokcheyn loyihalari joriy etiladi

“Raqamli ishonch“ raqamli iqtisodiyotni rijolantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va koʻp tarmoqli “Bitfury” blokcheyn kompaniyasi oʻrtasida mamlakatimiz davlat sektoriga mazkur texnologiyani joriy etishga qaratilgan strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

“Bitfury” kompaniyasi mamlakatimiz davlat organlari faoliyatiga blokcheyn asosida ilovalar yaratishga moʻljallangan Exonum ochiq boshlangʻich kodli freymvork joriy etishga yordam beradi.

– Biz ishni davlat uchun istiqbolli hisoblangan masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan sinov loyihalarini joriy etishdan boshlaymiz, – deydi “Raqamli ishonch“ raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining texnologiyalar boʻyicha investitsion direktori B.Oqilxonov.

“Bitfury” kompaniyasi tomonidan Rossiya, Gruziya, Qozogʻiston va AQSHdagi davlat loyihalarida foydalaniladigan Exonum blokcheynlarini yaratish uchun freymvork ishlab chiqildi. Mazkur hujjat barcha uzel va bloklari oldindan maʼlum boʻlgan xavfsiz va ishonchli blokcheynlarni yaratish imkonini beradi.

Bunda Exonumda yaratilgan blokcheyn faqat ushbu tizim ishidan manfaatdor boʻlgan validator uzellarini hisoblash quvvati yordamida ishlaydi. Muayyan uzellarda oldindan ochilgan xususiy blokcheyn boshlangʻich kodni keskin modifikatsiya qilish imkoniyati va ochiq blokcheynlarga xos boshqa muammo hamda nosozliklarni bartaraf etadi. U ommaviy blokcheynlarga qaraganda ancha tez ishlaydi, yaʼni bir soniyada bir necha mingta tranzaksiyalarga ishlov beradi.

– Raqamli transformatsiya davlat organlari faoliyati shaffofligining yangi darajasi, qaror qabul qilishda tezlik va blokcheyn olish imkonini beruvchi imkoniyatlarni toʻliq ishga solishni talab etadi, – deydi “Bitfury Russia” kompaniyasi bosh direktori D.Ufayev. – Biz muhim davlat jarayonlari texnologiyalarini modernizatsiyalash sohasida “Raqamli ishonch“ jamgʻarmasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.

 

Roman Bondarchuk, OʻzA

  15.11.2018, 14:40  |    201 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!