BMTning tegishli kelishuviga aʼzo boʻlmaslikka qaror qilindi

“Bolgariya “BMTning muhojirlik masalasidagi xavfsizlik va tartibli nazoratga oid global kelishuv”ni imzolamoqchi emas”, deyiladi mamlakatdagi “Fuqarolar Bolgariyaning yevropacha taraqqiyoti uchun” partiyasining parlament guruhi rahbari Svetan Svetanov bayonotida. 
“BNT“ xabariga koʻra, guruhdagi munozaralar va hukumat nuqtai-nazaridan kelib chiqib, BMTning tegishli kelishuviga aʼzo boʻlmaslikka qaror qilindi.
Eslatib oʻtamiz BMTning muhojirlar boʻyicha global kelishuvini imzolamaslik ehtimoli AQSH, Polsha, Vengriya, Avstriya, Chexiya tomonidan ham maʼlum qilingan.

 

OʻzA