Hurmatli ishbilarmon va tadbirkorlar!

Davlat mulki obyektlari 1 soʻm boshlangʻich qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo tashkilotining savdo maydonchalari auksion savdolariga chiqarila boshlandi.
Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 11 oktyabrdagi PQ-5552-sonli “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan davlat mulki obyektlari 1 soʻm boshlangʻich qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo tashkilotining savdo maydonchalari auksion savdolariga chiqarila boshlandi.
Bugungi kunga qadar 215 ta davlat mulki obyektlari ushbu savdoga chiqarilgan boʻlib, obyektlarni savdoga chiqarilganiga koʻp vaqt boʻlmasa-da dastlabki savdolarda 19 ta obyektlar oʻz egalariga sotildi.
Bunaqa imkoniyatdan unumli foydalanib qoling!
Obyektlarni boshlangʻich narx 1 soʻm qiymatda auksion savdolari orqali investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarish sharti bilan sotib olib oʻz tadbirkorlik faoliyatingizni qisqa muddatda yoʻlga qoʻyish imkoniyatidan foydalaning.
Bugungi kunda Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarda joylashgan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari ushbu “E-IJRO AUKSION” elektron savdo tashkilotining savdo maydonchalari auksion savdolariga chiqarilgan.
Auksion toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni internetdagi e-auksion.uz saytidan olishingiz mumkin.
Buning uchun,
e-auksion.uz saytining “LOTLAR” boʻlimidagi “XABARNOMALAR” yozuvini tanlaymiz;
“Mol-mulk toifasi” ustunidan “Yer uchastkasi va boʻsh binolar”ni va “Mol-mulk turi” ustunidan “Boʻsh binolar (PP-3939)” yozuvini tanlab oʻng tomondagi qidiruv tugmasini bosamiz.
“Viloyatlar nomi” ustunidan tegishli hududni tanlab, istalgan obyekt haqida batafsil maʼlumot koʻrish mumkin.
Siz tanlagan hududdagi 1 soʻm qiymatda boshlangʻich narxda auksion savdosida sotiladigan obyektlar boʻyicha barcha maʼlumotlar paydo boʻladi.
Shoshiling. Xarid qiling. Tadbirkorlikni rivojlantiring va mulkdor boʻling.

 

OʻzA