Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” tanlovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi

Hozirda har bir nominatsiya boʻyicha Ishchi guruhlar tomonidan anketalarni moderatsiya qilish (oʻrganib chiqish) ishlari boshlandi. 
Eslatib oʻtamiz! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ-3755-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq, 30 oktyabr kuni 1-bosqich (tashkiliy bosqich) yakunlandi! Qaror ijrosidan kelib chiqib, 2-bosqich (Onlayn testlar bosqichi)ga oʻtgan nomzodlar roʻyxati 20 NOYABR kuni portal (taraqqiyot-tanlov.uz)da EʼLON QILINADI!

 

Inobat Ahatova, OʻzA