Oʻzbekistonda avtobenzin narxi qimmatlashdi

2018-yil 16-noyabrdan isteʼmol soligʻini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi chakana narxlari belgilandi.
Yoqilgʻi-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqichoʻzgartirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, 2018-yil 16-noyabrdan isteʼmol soligʻini hisobga olgan holda avtobenzin va dizel yoqilgʻisi chakana narxlari:
Ai-80 avtobenzinga – 4 000 soʻm/litr;
Ai-91 avtobenzinga – 4 500 soʻm/litr;
dizel yoqilgʻisiga – 4 800 soʻm/litr;
EKO dizel yoqilgʻisiga – 4 900 soʻm/litr etibbelgilandi.

 

OʻzA