Sport vazirligi tomonidan “Toshkent shahar spartakiadasi” tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 1-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida ilk marotaba “Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari oʻtkaziladi. Spartakiadadan koʻzlangan maqsad yoshlarda sportga boʻlgan qiziqishni, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, terma jamoalar sport zaxirasiga munosib sportchilarni tayyorlashdan iboratdir.
Tosh-shah-sparta (2).JPG
Mazkur spartakiadada 18 yoshgacha boʻlgan Toshkent shahrining tuman bosqichlaridan saralangan 2 ming 211 nafar yosh sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
“Toshkent shahar spartakiadasi” sport musobaqalari oldidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda mazkur musobaqani qay tarzda yoritish, jurnalistlar uchun musobaqa haqida maʼlumotlar berildi.
Tosh-shah-sparta (3).JPG
Shuningdek, bugun spartakiada dasturidan oʻrin olgan badiiy gimnastika va basketbol sport turlari boʻyicha musobaqalar boshlandi.
Eslatib oʻtamiz, ushub sport musobaqasida sportning 18 turi boʻyicha bahslar 12 ta sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Sportchilar 664 ta medallar uchun kurash olib boradi. Shundan, 201 ta oltin, 201 ta kumush, 262 ta bronza medallaridir.
Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi 2018 yil 3 noyabr kuni Chilonzor tumanidagi “Universal” sport saroyida boʻlib oʻtadi.

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA