Oʻzbekiston delegatsiyasi Pokistonga tashrif buyuradi

2018 yilning 1 noyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Islom Respublikasida boʻladi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Islomobod shahrida Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy va Qurolli kuchlarning Quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni general Qamar Bajva bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazadi.

 

OʻzA