Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi Dushanbedagi majlisda ishtirok etdi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi joriy yil 25 oktyabrda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maslahat kengashi XV majlisida ishtirok etdi. 
photo5384180726527798385.jpg
Majlisda MDHga aʼzo mamlakatlarning isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga masʼul idoralar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, aʼzo davlatlar qonunchiligiga xilof ravishda savdo-sotiq bilan shugʻullanayotgan veb-saytlarga toʻsiq qoʻyish, kontrafakt va soxta mahsulotlarga qarshi kurash usullaridan biri sifatida mavjud talablar buzilayotgan hollar uchun savdo-sotiq “aylanmasini jarimaga tortish”, isteʼmolchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish ishini tashkil qilish, kengashning 2019-2020 yillarga moʻljallangan rejasini tasdiqlash singari masalalar koʻrib chiqildi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

OʻzA