Yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi uchun yangi bino

Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani boʻlinmasining barcha qulayliklarga ega yangi binosi foydalanishga topshirildi. 
Yangi binoda 3 kilometr masofadagi radiusni kuzata oladigan kamera oʻrnatilgan boʻlib, u yongʻin boʻlayotgan joyni tez va toʻgʻri aniqlash imkoniyatini beradi. Xodimlarning oʻquv-mashq olib borishi va malakasini oshirish uchun toʻrt qavatli oʻquv binosi taktik mashqlar oʻtkazishda, jangovar tayyorgarlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tumanda boʻlinma xodimlari uchun zamonaviy xizmat turar joylari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi tomonidan 1 dona “ISUZU” rusumidagi oʻt oʻchirish avtomobili, 1 dona skuter topshirildi.
photo5373016440078182851.jpg
photo5373016440078182855.jpg
photo5373016440078182862.jpg

 

Yesimxon Qanoatov, OʻzA