Boks. Ertaga Margʻilonda yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi boshlanadi

1-8-noyabr kunlari Margʻilon shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtadi.
Ushbu musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 2001-2002-yillarda tavallud topgan yosh charm qoʻlqop ustalari ishtirok etishadi. Bahslarda 250 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun kurash olib boradi.
Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi uchun munosib nomzodlarni saralab olish, ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etilmoqda.

 

O’zA